logo
Xarita sayt
qaytmoq orqaga

Avto uchun to‘lanadigan yig‘imlar haqida Moliya vazirligi izoh berdi

Gazeta.uz iltimosi bilan O‘zbekiston Moliya vazirligi 2014-yilda yangi avtomashina sotib olgan shaxslardan olinadigan to‘lovlar haqida tushuntirish berdi.

Avval xabar berganimizdek, 2013-yil 25-dekabrda qabul qilingan «Soliq va byudjet siyosatining 2014 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan o‘zbekiston respublikasining soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» gi qonunga binoan, 2014-yilning 1-aprelidan maxsus savdo tarmoqlardan O‘zbekiston, Ukraina yo‘ki Rossiyada yig‘ilgan avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘imdan ozod etgan imtiyoz bekor qilinadi.

Shuningdek, 2014-yilning 1-yanvaridan «JV MAN Auto-Uzbekistan» va «Samarqand avtomobil zavodi» tomonidan ishlab chiqilgan avtotransport vositalarini IIV organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida Respublika yo‘l jamg‘armasiga to‘lanadigan yig‘imlardan ozod etgan imtiyozning ham amal qilish muddati tugadi.

2013-yil 25-dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston respublikasining 2014 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida» qonunning 23-raqamli ilovasida aytilishicha, avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun ishlatish vaqtiga qarab har bir ot kuchiga minimal ish haqining foiz miqdorida to‘lanadigan yig‘im miqdori o‘zgarmagan.

Bunda, jismoniy yo‘ki yuridik shaxslar tomonidan maxsus savdo tarmoqlaridan O‘zbekiston, Ukraina yo‘ki Rossiyada ishlab chiqilgan avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘imning eng kam — xarid narxining 3 foizidan kam bo‘lmagan -miqdori o‘rnatildi.Qolgan avtotransport vositalari bo‘yicha yig‘im to‘lash tartibi o‘zgarmagan.

Shunday qilib, 2014-yilda IIV organlarida O‘zbekiston, Rossiya yo‘ki Ukraina tomonidan ishlab chiqilgan avtotransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazayotgan vaqtda Respublika yo‘l jamg‘armasiga to‘lanadigan yig‘imlariga quyidagicha amalga oshiriladi:

Fuqarolar — 1-apreldan boshlab avtomobil sotib olganlar har bir ot kuchiga minimal ish haqining 10 foizi miqdorida, lekin avtomobil narxining uch foizidan kam bo‘lmagan yig‘im to‘laydilar.

Yuridik shaxslar- 1-yanvardan boshlab har bir ot kuchiga minimal ish haqining 10 foizi miqdorida, lekin avtomobil narxining uch foizidan kam bo‘lmagan yig‘im to‘laydilar.