logo
Xarita sayt

Spark

MT5/AT4
Transmissiya
7.5/8.0
Xarajat yonilg'i
1
Yostiqlar xavfsizligi
ABS
Xavfsizlik
170
Hajm bagajnika l.

Chevrolet Spark - avtomobili turli davlatlardagi yetakchi dizaynerlarning ijodiy ishlanmalari hosilasidir.  Yangi Spark  ikki qavatli radiator panjarasi, ko‘zga yaqqol tashlanadigan tashqi ko‘rinishi bilan qayerda bo‘lmasin darhol kishi diqqatini o‘ziga tortadi. Bundan tashqari, o‘zining ixcham o‘lchamlari va boshqariluvchanligi tufayli Spark shahar ko‘chalaridagi har qanday serqatnov transport oqimiga bemalol qo‘shilib ketishga qodir.

Spark saloni kengligi jihatidan unga 170 l. hajmdagi  yukni bemalol joylashtirish mumkin. O‘rindiqlar 60:40 o‘lchamga mutanosib ravishda yig‘ilganda salondagi bo‘shliq 568 l. xajmgacha kengayadi. Spark tashqi ko‘rinishidan juda ixcham bo‘lishiga  qaramasdan, uning keng saloniga besh kishi hech bir qiyinchiliksiz joylashishi mumkin.

 Aksariyat avtomobillar o‘ziga xos zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lsa, boshqalari sport musobaqalarida juda ildam harakatlanadigan bo‘ladi. Chevrolet Sparkda esa har ikkalasi ham mujassam. Shaharda ushbu ixcham va boshqariluvchan avtomobil, shosseda esa haydovchining har bir harakatiga o‘ta sezgirlik bilan reaksiyaga kirishadi. Eng asosiysi, qayerda bo‘lmasin uni boshqarish sizga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi. Gapning Indallosi Chevrolet Spark-bu avtomobil dunyosidagi yangi nomdir.

Avtomobilning mototsikllarnikiga o‘xshash uskunalar panelini siz hatto kutmagansiz. Bundan tashqari, uskunalar paneli shunday joylashganki, uni bir qarashda nigohingiz bilan zabt etishingiz mumkin. Shuning uchun, uskunalar paneli juda oddiy hamda  foydalanish uchun juda qulay hisoblanadi. Yangi Spark avtomobilining analog ko‘rinishidagi spidometri gabarit chiroqlar yoqilganda  ko‘k rangdagi yorug‘lik fonida aks etuvchi raqamli taxometr bilan to‘ldirilgan. Markaziy paneldagi MP3 va AUX-in funksiyalari hamda USB - o‘qish qurilmasini o‘zida mujassamlashtirgan audiotizim har qanday ko‘chma audioqurilmalarni ulash imkonini beradi. Bundan tashqari, markaziy panelda qo‘l telefoni, pult va shunga o‘xshash mayda buyum, jihozlarni  qo‘yish uchun  alohida bo‘lmacha mavjud. Uzatmalar qutisi dastagining old tarafida esa bir emas ikkita stakanni qo‘yish uchun maxsus joy ajratilgan.


Texnik tasniflar Spark

 

RUSUM 

SPARK

L

LS

LT

Kuzov  

TOIFA

5-ти дв. Hatchback

Tuzilishi/material

несущая/сталь

O’rindiqlar soni

5

O’lchamlari (мм) 

Uzunligi

3640

Kengligi

1597

Balandligi

1522

G’ildiraklar bazasi

2375

G’ildirak (old/orqa)

132

Klirens

1410/1417

DVIGATEL 

Тoifa

DOHC 4V MPFI

Ish hajmi (sm.kub)

1250

Silindrlar soni

4 в ряд

Silindr va porshenlarning diametri (mm)

68.5 x 67.5

69.7 x 79

Siqish darajasi

9.8

Quvvati (o.k/ob.daq)

68 (6400)

81 (6400)

Eng yuqori burash lahzasi (Нм/ob.daq)

89/4800

108/4800

TRANSMISSIYA 

Uzatmalar qutisi

MT

MT

MT

Ulashma

4.190

4.190

3.905

Asosiy uzatmalar soni

Qur. yakkadiskli

Hajmlar va og’irliklar 

Yonilg’I baki hajmi (L)

35

Yukxona hajmi (L)

170

Akkumulyator 12V (Ach)

50

Avtomobil vazni (kg)

1355-1365

Avtomobilning to’liq vazni (kg)

895-915

DINAMIK TASNIFI 

Eng yuqori tezligi (km/ch)

147

147

152

0 dan ~ 100 km/ch gacha tezlashish (son.)

19

24

18

RUL BOSHQARUVI 

Toifa

Shesternya va reyka

Eng kichik radiusda qayrilish (m)

4.5

Tormoz 

Toifa

X-toifa

old/orqa

diskli/barabanli  ABS bilan

ПОДВЕСКА

Передняя

Mak Ferson

Задняя

Mustaqil, uzayt. Dastakli

КОЛЕСА И ШИНЫ

 

13x4.5J 
po’lat
155/80R13

14x4.5J 
po’lat
155/70R14

14x4.5J 
quyma
155/70R14

YONILG’I SARFI (L/100 кm) 

- 90 кm/ch

5.4/5.5

5.4/5.5

5.4

-- 120 кm/ch

8.0/8.6

8.0/8.6

8.0

- shahar ichida

7.5/8.0

7.5/8.0

7.5